Toshkent tumanlari: qayerda uy olishda xavf belgilari ko'proq
Yangilangan:
Rasmiy ochiq manbalardagi belgilarni tumanlar bo'yicha yig'dik va xonadonlar soniga nisbatan hisobladik. Shahar bo'yicha o'rtacha har 1000 xonadonga taxminan 31,5 ta belgi to'g'ri keladi.
Reyting
| Tuman | 1000 xonadonga | Sud ishlari | To'xtagan qurilishdagi xonadonlar | Auksion | O'zboshimcha | Xonadonlar |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Mirzo Ulug'bek | 53,3 | 777 | 4 447 | 172 | 9 | 101 364 |
| Olmazor | 45,0 | 1 742 | 1 130 | 167 | 6 | 67 666 |
| Chilonzor | 43,9 | 1 581 | 1 608 | 126 | 11 | 75 701 |
| Yakkasaroy | 41,8 | 617 | 870 | 122 | 4 | 38 566 |
| Yashnobod | 36,1 | 1 423 | 1 911 | 229 | 28 | 99 496 |
| Shayxontohur | 27,9 | 1 185 | 442 | 127 | 19 | 63 513 |
| Uchtepa | 23,6 | 1 374 | 161 | 93 | 5 | 69 107 |
| Sergeli | 22,2 | 1 105 | 106 | 143 | 37 | 62 760 |
| Bektemir | 20,6 | 269 | 124 | 34 | 7 | 21 052 |
| Mirobod | 17,9 | 783 | 0 | 66 | 8 | 47 914 |
| Yunusobod | 16,6 | 1 003 | 433 | 167 | 15 | 97 355 |
| Yangihayot | 9,3 | 353 | 20 | 136 | 10 | 56 073 |
| 12 tuman | 31,5 | 12 212 | 11 252 | 1 582 | 159 | 800 567 |
Jadvaldan nimani ko'rish mumkin
- Mirzo Ulug'bekda ko'rsatkich eng yuqori (53,3). Bunga asosan to'xtagan yoki muzlatilgan qurilishdagi 4 447 ta xonadon sabab bo'lgan.
- Sud ishlari eng ko'p Olmazor (1 742) va Chilonzor (1 581) tumanlarida.
- To'xtagan qurilishdagi xonadonlar eng ko'p Mirzo Ulug'bek (4 447) va Yashnobod (1 911) tumanlarida.
- Ko'rsatkich eng past Yunusobod (16,6) va Yangihayot (9,3) tumanlarida.
Qanday hisoblandi
Belgi deb to'rt narsani oldik: uy-joy bo'yicha sud ishi (tumani qaror matnidan aniqlangan), to'xtatilgan yoki muzlatilgan qurilishdagi xonadon (DSHK reestri), o'zboshimcha qurilgan turar-joy (DSHK dalolatnomalari) va majburiy savdoga qo'yilgan uy-joy (e-auksion.uz). Xonadonlar soni Milliy statistika qo'mitasidan olingan, 2025 yil oxiriga.
Ko'rsatkich taxminiy: sud ishi bitta uy deb olinadi, qurilayotgan uylar uy-joy fondiga hali kirmagan. Tumani aniqlanmagan sud ishlari (bir nechta tumanga xizmat qiladigan sudlar) hisobga olinmagan. Bosh reja bo'yicha renovatsiya zonalari bu reytingga kirmaydi, ular haqida alohida maqola bor.
Reyting tumanlarni yaxshi va yomonga ajratmaydi. Ko'rsatkichi past tumanda ham muammoli uy uchraydi, shuning uchun aniq manzilni tekshiring.
1-tekshiruv bepul · Telegram orqali kirish
Manzilni tekshirishKo'p beriladigan savollar
Nega Yangi Toshkent tumani yo'q?
Yangi tuman bo'yicha ma'lumotlar hali yetarli emas. Ular paydo bo'lganda jadvalga qo'shiladi.
Mahalla bo'yicha ham ko'rsa bo'ladimi?
Ha, xaritani yaqinlashtiring: tuman → mahalla → bino. 5 tadan kam holat bo'lsa, son yashiriladi.
Boshqa maqolalar
- Toshkent bosh rejasi 2045: renovatsiya zonalari tumanlar bo'yicha
- Uy va kvartira oldi-sotdisi 2026: tartib, hujjatlar, notarius narxi va soliq
- Uy yoki kvartira taqiqda emasligini qanday tekshirish mumkin
- Kadastr raqami: qanday aniqlash va uy hujjatlarini qanday tekshirish
- Zakalat (zaklad) va ishonchnoma: uy uchun pul berishdan oldin nimani bilish kerak
- Novostroyka olishdan oldin quruvchi va obyektni qanday tekshirish
- Majburiy auksiondagi uylar: nima uchun uy savdoga qo'yiladi va nimani tekshirish kerak