Asosiy qismga o'tish

Yordam: sayt qanday ishlaydi

Uytekshir Toshkentda uy yoki kvartira olishdan oldin manzilni bepul tekshiradi. Quyida qisqa videolar bilan qanday foydalanishni ko'rsatdik. Javob topmasangiz yoki taklifingiz bo'lsa, sahifa oxiridagi formaga yozing.

Sayt qanday ishlaydi

  1. 1. Manzilni kiriting

    Ko'cha va uy raqami (masalan, «Qatortol 60»), kadastr raqami yoki xaritada uyni belgilang.

  2. 2. Sayt tekshiradi

    Manzil bazamizdagi rasmiy ochiq manbalar bilan solishtiriladi: sud qarorlari, DSHK reestrlari, majburiy auksionlar, bosh reja va moderator tasdiqlagan xabarlar.

  3. 3. Natijani o'qing

    To'rt xulosadan biri chiqadi va xarid oldidan o'zingiz tekshiradigan ro'yxat beriladi.

Savol-javob

Manzilni qanday tekshiraman?

Bosh sahifadagi qidiruvga ko'cha nomi va uy raqamini yozing, masalan «Qatortol 60» yoki «Chilonzor 9-kvartal 5», va «Tekshirish» tugmasini bosing. Bir necha soniyada natija oynasi ochiladi.

Ro'yxatdan o'tish shart emas, tekshiruv bepul.

Manzil topilmasa nima qilaman?

Ko'cha nomini to'liqroq yozib ko'ring (masalan, «Qatortol ko'chasi 60») yoki tumanni qo'shing.

Yoki qidiruv yonidagi nishon tugmasini bosing va xaritada uyning ustiga bosing. Aynan shu nuqta tekshiriladi.

Kadastr raqami bilan tekshirsa bo'ladimi?

Ha. Toshkentdagi kadastr raqamlari 10: bilan boshlanadi (masalan, 10:04:02:01:02:5015). Uni qidiruvga to'liq kiriting.

Kadastr raqami bo'yicha faqat shu uchastka bo'yicha sud qarorlari solishtiriladi; hudud (bosh reja) uchun manzil yoki xaritadagi nuqta kerak.

Natijadagi to'rt xulosa nimani bildiradi?

Har bir natija shu to'rt xulosadan biri bo'ladi. Shkalada natijaning o'rni ham ko'rsatiladi.

Olishni tavsiya qilmaymiz

Aynan shu uy yoki u joylashgan hudud bo'yicha jiddiy belgi bor.

Olishdan oldin chuqur tekshiring

Manzil yoki uning atrofi bo'yicha e'tibor talab qiladigan belgi bor.

Bazamizda belgi topilmadi

Bizdagi manbalarda bu manzil bo'yicha hech narsa yo'q. Bu kafolat emas.

Manzil aniq topilmadi

Hudud tekshirilmadi. Manzilni aniqroq yozing yoki uyni xaritada belgilang.

«Bazamizda belgi topilmadi» chiqsa, uy toza degani emasmi?

Yo'q. Bu faqat bizning bazamizda bu manzil bo'yicha belgi yo'qligini bildiradi. Mulkdor, taqiq va garovni yangi kadastr ma'lumotnomasi va notarius tasdiqlaydi.

Xarid oldidan nimalarni tekshirish kerak

Xaritadagi raqamlar va ranglar nimani bildiradi?

Raqam shu tuman, mahalla yoki binodagi muammoli xonadon belgilari soni. Rang qanchalik to'q bo'lsa, belgi shuncha ko'p.

Tumanni bossangiz, 1000 xonadonga nechta belgi to'g'ri kelishi chiqadi. Yaqinlashtirsangiz, mahalla va bino darajasiga o'tadi. Shaxslar ko'rsatilmaydi, 5 tadan kam holat bo'lsa son yashiriladi.

Muammoli uy haqida qanday xabar beraman?

Sarlavhadagi «Xabar berish» tugmasini bosing: manzil, muammo turi, sabab va kamida bitta dalil (hujjat, rasm, video yoki havola) yuboring.

Moderator dalilni tekshiradi; tasdiqlansa, shu uyni tekshirganlarga ogohlantirish chiqadi. Dalil va shaxsingiz saytda ko'rsatilmaydi.

Xabar berish

Sayt pullimi?

Yo'q. Sayt sinov rejimida ishlaydi, manzil bo'yicha tekshiruv bepul.

Kiritgan manzilim saqlanadimi?

Yo'q. Tekshirilgan manzil va xaritadagi nuqta server jurnallariga yozilmaydi. Batafsil maxfiylik siyosatida.

Maxfiylik siyosati

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Sayt telefon brauzerida to'liq ishlaydi, ilova o'rnatish shart emas. Hozircha faqat Toshkent shahri.

Taklif va shikoyatlar

Saytda nimadir ishlamasa, xato ko'rsangiz yoki g'oyangiz bo'lsa, yozing. Har bir murojaatni o'qiymiz. Muayyan uy haqida «Xabar berish» sahifasidan yozing.

Murojaat turi

Bizni kuzating @uytekshir

Telegram kanal va Instagram'da: uy olishda muammoli xonadondan qanday saqlanish haqida qisqa maslahatlar, sayt yangiliklari va tumanlar bo'yicha statistika.