Asosiy qismga ötiş

Yordam: sayt qanday işlaydi

Uytekshir Toşkentda uy yoki kvartira olişdan oldin manzilni bepul tekşiradi. Quyida qisqa videolar bilan qanday foydalanişni körsatdik. Javob topmasangiz yoki taklifingiz bölsa, sahifa oxiridagi formaga yozing.

Sayt qanday işlaydi

  1. 1. Manzilni kiriting

    Köça va uy raqami (masalan, «Qatortol 60»), kadastr raqami yoki xaritada uyni belgilang.

  2. 2. Sayt tekşiradi

    Manzil bazamizdagi rasmiy oçiq manbalar bilan soliştiriladi: sud qarorlari, DŞK reestrlari, majburiy auksionlar, boş reja va moderator tasdiqlagan xabarlar.

  3. 3. Natijani öqing

    Tört xulosadan biri çiqadi va xarid oldidan özingiz tekşiradigan röyxat beriladi.

Savol-javob

Manzilni qanday tekşiraman?

Boş sahifadagi qidiruvga köça nomi va uy raqamini yozing, masalan «Qatortol 60» yoki «Çilonzor 9-kvartal 5», va «Tekşiriş» tugmasini bosing. Bir neça soniyada natija oynasi oçiladi.

Röyxatdan ötiş şart emas, tekşiruv bepul.

Manzil topilmasa nima qilaman?

Köça nomini töliqroq yozib köring (masalan, «Qatortol köçasi 60») yoki tumanni qöşing.

Yoki qidiruv yonidagi nişon tugmasini bosing va xaritada uyning ustiga bosing. Aynan şu nuqta tekşiriladi.

Kadastr raqami bilan tekşirsa böladimi?

Ha. Toşkentdagi kadastr raqamlari 10: bilan boşlanadi (masalan, 10:04:02:01:02:5015). Uni qidiruvga töliq kiriting.

Kadastr raqami böyiça faqat şu uçastka böyiça sud qarorlari soliştiriladi; hudud (boş reja) uçun manzil yoki xaritadagi nuqta kerak.

Natijadagi tört xulosa nimani bildiradi?

Har bir natija şu tört xulosadan biri böladi. Şkalada natijaning örni ham körsatiladi.

Olişni tavsiya qilmaymiz

Aynan şu uy yoki u joylaşgan hudud böyiça jiddiy belgi bor.

Olişdan oldin çuqur tekşiring

Manzil yoki uning atrofi böyiça e'tibor talab qiladigan belgi bor.

Bazamizda belgi topilmadi

Bizdagi manbalarda bu manzil böyiça heç narsa yöq. Bu kafolat emas.

Manzil aniq topilmadi

Hudud tekşirilmadi. Manzilni aniqroq yozing yoki uyni xaritada belgilang.

«Bazamizda belgi topilmadi» çiqsa, uy toza degani emasmi?

Yöq. Bu faqat bizning bazamizda bu manzil böyiça belgi yöqligini bildiradi. Mulkdor, taqiq va garovni yangi kadastr ma'lumotnomasi va notarius tasdiqlaydi.

Xarid oldidan nimalarni tekşiriş kerak

Xaritadagi raqamlar va ranglar nimani bildiradi?

Raqam şu tuman, mahalla yoki binodagi muammoli xonadon belgilari soni. Rang qançalik töq bölsa, belgi şunça köp.

Tumanni bossangiz, 1000 xonadonga neçta belgi töğri kelişi çiqadi. Yaqinlaştirsangiz, mahalla va bino darajasiga ötadi. Şaxslar körsatilmaydi, 5 tadan kam holat bölsa son yaşiriladi.

Muammoli uy haqida qanday xabar beraman?

Sarlavhadagi «Xabar beriş» tugmasini bosing: manzil, muammo turi, sabab va kamida bitta dalil (hujjat, rasm, video yoki havola) yuboring.

Moderator dalilni tekşiradi; tasdiqlansa, şu uyni tekşirganlarga ogohlantiriş çiqadi. Dalil va şaxsingiz saytda körsatilmaydi.

Xabar beriş

Sayt pullimi?

Yöq. Sayt sinov rejimida işlaydi, manzil böyiça tekşiruv bepul.

Kiritgan manzilim saqlanadimi?

Yöq. Tekşirilgan manzil va xaritadagi nuqta server jurnallariga yozilmaydi. Batafsil maxfiylik siyosatida.

Maxfiylik siyosati

Telefonda işlaydimi?

Ha. Sayt telefon brauzerida töliq işlaydi, ilova örnatiş şart emas. Hozirça faqat Toşkent şahri.

Taklif va şikoyatlar

Saytda nimadir işlamasa, xato körsangiz yoki ğoyangiz bölsa, yozing. Har bir murojaatni öqiymiz. Muayyan uy haqida «Xabar beriş» sahifasidan yozing.

Murojaat turi

Bizni kuzating @uytekshir

Telegram kanal va Instagram'da: uy olişda muammoli xonadondan qanday saqlaniş haqida qisqa maslahatlar, sayt yangiliklari va tumanlar böyiça statistika.