Majburiy auksiondagi uylar: nima uchun uy savdoga qo'yiladi va nimani tekshirish kerak
Yangilangan:
E-auksion.uz'da davlat mulkidan tashqari egasining qarzi uchun undirilayotgan xonadonlar ham sotiladi. Uy savdoga qo'yilgan yoki ilgari qo'yilgan bo'lsa, u bilan bog'liq nizolar davom etayotgan bo'lishi mumkin.
Uy nima uchun majburiy savdoga qo'yiladi
- Majburiy ijro: sud qarori yoki boshqa ijro hujjati bo'yicha egasining qarzini undirish uchun mulk xatlanadi va sotiladi.
- Bank garovi: kredit yoki ipoteka qaytarilmasa, bank garovdagi uyni sotuvga qo'yadi.
- Bankrotlik: korxona bankrot bo'lganda uning mulki, jumladan turar-joy ham sotiladi.
Uytekshir hisobida faqat birinchi ikki tur bor: Toshkentda 1 582 ta uy-joy. Bir uy bir necha marta savdoga chiqqan bo'lsa ham, bitta hisoblangan.
Tumanlar bo'yicha
| Tuman | Majburiy savdodagi uy-joy | 1000 xonadonga |
|---|---|---|
| Yashnobod | 229 | 2,3 |
| Mirzo Ulug'bek | 172 | 1,7 |
| Olmazor | 167 | 2,5 |
| Yunusobod | 167 | 1,7 |
| Sergeli | 143 | 2,3 |
| Yangihayot | 136 | 2,4 |
| Shayxontohur | 127 | 2,0 |
| Chilonzor | 126 | 1,7 |
| Yakkasaroy | 122 | 3,2 |
| Uchtepa | 93 | 1,3 |
| Mirobod | 66 | 1,4 |
| Bektemir | 34 | 1,6 |
| Toshkent shahri | 1 582 | 2,0 |
Bunday uyni sotib olishdagi xavflar
- Sotuvchining qarzi to'liq yopilmagan bo'lsa, uyga yana taqiq qo'yilishi mumkin.
- Savdo natijasi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
- Ba'zan uyda avvalgi egasi yoki uning oilasi ro'yxatda turadi.
- Auksionda olingan uy qayta sotilayotgan bo'lsa, savdo hujjatlari va uyning kadastrda yangi egasi nomiga o'tganini tekshiring.
Qanday tekshirish
- Uytekshir da manzilni kiriting. Uy yoki shu binodagi xonadon savdoga qo'yilgan bo'lsa, natijada belgi chiqadi. Xonadon raqamini ham kiritsangiz, aynan sizning xonadoningiz tekshiriladi.
- E-auksion.uz'da shu manzil bo'yicha lotlarni qidiring.
- my.gov.uz'da taqiqni tekshiring va yangi kadastr ma'lumotnomasini so'rang (batafsil).
- Bitimni notarius orqali tuzing.
1-tekshiruv bepul · Telegram orqali kirish
Manzilni tekshirishKo'p beriladigan savollar
Auksiondan uy sotib olish xavflimi?
Auksionning o'zi qonuniy yo'l. Xavf hujjatlar va uyda yashovchilar bilan bog'liq: savdo shartlari va lot hujjatlarini oldindan o'qing, uyni borib ko'ring.
Uytekshir aniq lotni ko'rsatadimi?
Yo'q. Sayt faqat belgi borligini ko'rsatadi, lot raqami va narxi chiqmaydi. Batafsil ma'lumotni e-auksion.uz'dan ko'rasiz.
Boshqa maqolalar
- Toshkent bosh rejasi 2045: renovatsiya zonalari tumanlar bo'yicha
- Uy va kvartira oldi-sotdisi 2026: tartib, hujjatlar, notarius narxi va soliq
- Toshkent tumanlari: qayerda uy olishda xavf belgilari ko'proq
- Uy yoki kvartira taqiqda emasligini qanday tekshirish mumkin
- Kadastr raqami: qanday aniqlash va uy hujjatlarini qanday tekshirish
- Zakalat (zaklad) va ishonchnoma: uy uchun pul berishdan oldin nimani bilish kerak
- Novostroyka olishdan oldin quruvchi va obyektni qanday tekshirish